Kechiktirilgan Damas mojarosi

09:09 09 Oktyabr 2020 Jamiyat
615 0

Jizzax viloyati, Zafarobod tumanida yashovchi fuqaro Boboyev Zokir ancha vaqtdan buyon yigʻib yurgan puliga “Damas” rusumli avtomashinasini sotib olishni maqsad qiladi va Jizzax shahridagi «Jizzax – Motors» avtosaloniga boradi. Zafar Boboyev 64 696 586 (oltmish toʻrt million olti yuz toʻqson olti ming besh yuz sakson olti) soʻmni toʻlab, avtosalon bilan shartnoma imzolaydi. Bundan mamnun boʻlgan fuqaro shartnomani qoʻliga olib, uyiga qaytadi. Ammo avtomobildan darak boʻlavermagach, avtosalonga boradi. Shunda ham uning ishi bitmaydi. Sabr kosasi toʻlgan Zafar Boboyev Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga sim qoqadi. 

“Federatsiya mutaxassislari tomonidan tezkorlikda qonun doirasida oʻrganilib, fuqaroning huquqi tiklanishiga va kechiktirilgan ”DAMAS" avtomobilining olib berilishiga erishildi" deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?