Kechayotgan hayotbaxsh jarayonlar va islohotlarning bosh huquqiy asosi

17:09 01 Iyul 2022 Jamiyat
529 0

Bugun Bosh prokuraturada Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning mazmun-mohiyati bilan tanishish, loyiha yuzasidan fikr almashish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda markaziy va hududiy studiyalardan prokuratura, Akademiya, Departament va Byuroning xodimlari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, Konstitutsiyamiz yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilgan olamshumul oʻzgarishlarning, bugun kechayotgan hayotbaxsh jarayonlar va keng koʻlamli islohotlarning bosh huquqiy asosidir.

Shuningdek, bugungi shiddatli oʻzgarishlar, jamiyatdagi yangilanishlar, xalqaro maydonlarda yuzaga kelayotgan murakkab, ayni paytda oʻta tahlikali vaziyatlar Asosiy Komusimizni ham zamon talablariga mos ravishda qayta koʻrib chiqish zaruriyati yuzaga kelgani qayd etildi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar, mazkur mavzuda oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, konstitutsiyaviy islohotni referendum orqali amalga oshirish xalqimizning xohish-irodasini toʻla ifoda etishga, Konstitutsiyaning ham haqiqiy maʼnoda xalqchil boʻlishiga xizmat qilishini aytib, Konstitutsiyani takomillashtirish boʻyicha ilgari surilgan va loyihada aks etgan takliflarning mohiyatini taʼsirchan usulda keng ommaga yetkazish lozimligini taʼkidladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?