Kecha yurtimizda yana 19 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 60 nafarga yaqin bemor sogʻaydi

10:02 17 Avgust 2022 Jamiyat
287 0

Foto: Arxiv surat

2022-yil 16-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243605 (+19) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

1 nafari Namangan viloyatida,

1 nafari Surxondaryo viloyatida,

5 nafari Toshkent viloyatida,

11 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 7 nafar,

Jizzax viloyatida 2 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,

Namangan viloyatida 4 nafar,

Surxondaryo viloyatida 3 nafar,

Fargʻona viloyatida 3 nafar,

Xorazm viloyatida 12 nafar,

Toshkent viloyatida 7 nafar,

Toshkent shahrida 18 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 241268 (+59) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?