Kecha yurtimizda kasallanishlar soni kamayib, 69 nafar kishida koronavirus aniqlandi

09:58 18 Iyul 2022 Jamiyat
404 0

2022-yil 17-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 242305 (+69) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

— 3 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

— 4 nafari Andijon viloyatida,

— 6 nafari Buxoro viloyatida,

— 5 nafari Jizzax viloyatida,

— 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,

— 4 nafari Navoiy viloyatida,

— 3 nafari Namangan viloyatida,

— 6 nafari Samarqand viloyatida,

— 4 nafari Sirdaryo viloyatida,

— 3 nafari Fargʻona viloyatida,

— 6 nafari Xorazm viloyatida,

— 5 nafari Toshkent viloyatida,

— 14 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

— Andijon viloyatida 5 nafar,

— Buxoro viloyatida 3 nafar,

— Jizzax viloyatida 4 nafar,

— Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,

— Sirdaryo viloyatida 3 nafar,

— Fargʻona viloyatida 4 nafar,

— Toshkent viloyatida 9 nafar,

— Toshkent shahrida 17 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 239196 (+53) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?