Kecha yurtimizda 35 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 60 nafarga yaqin bemor kasallikdan sogʻaydi

10:17 10 Avgust 2022 Jamiyat
219 0

Foto: Газета.uz

2022-yil 9-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243423 (+35) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

1 nafari Buxoro viloyatida,

2 nafari Jizzax viloyatida,

1 nafari Qashqadaryo viloyatida,

2 nafari Navoiy viloyatida,

3 nafari Namangan viloyatida,

2 nafari Samarqand viloyatida,

4 nafari Xorazm viloyatida,

5 nafari Toshkent viloyatida,

13 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 12 nafar,

Andijon viloyatida 3 nafar,

Jizzax viloyatida 4 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,

Navoiy viloyatida 4 nafar,

Namangan viloyatida 5 nafar,

Samarqand viloyatida 9 nafar,

Surxondaryo viloyatida 3 nafar,

Fargʻona viloyatida 3 nafar,

Toshkent viloyatida 4 nafar,

Toshkent shahrida 8 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 240873 (+58) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?