Kecha Oʻzbekistonda 846 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi

12:30 26 Avgust 2021 Jamiyat
395 0

2021-yil 25-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 152363 (+846) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

80 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

41 nafari Andijon viloyatida,

15 nafari Buxoro viloyatida,

29 nafari Jizzax viloyatida,

15 nafari Qashqadaryo viloyatida,

14 nafari Navoiy viloyatida,

34 nafari Namangan viloyatida,

81 nafari Samarqand viloyatida,

25 nafari Sirdaryo viloyatida,

29 nafari Surxondaryo viloyatida,

86 nafari Fargʻona viloyatida,

27 nafari Xorazm viloyatida,

122 nafari Toshkent viloyatida,

248 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 87 nafar

Buxoro viloyatida 14 nafar,

Jizzax viloyatida 35 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,

Navoiy viloyatida 20 nafar,

Namangan viloyatida 58 nafar

Samarqand viloyatida 65 nafar,

Surxondaryo viloyatida 20 nafar,

Fargʻona viloyatida 94 nafar,

Xorazm viloyatida 35 nafar,

Toshkent viloyatida 101 nafar,

Toshkent shahrida 135 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 144988 (+684) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1050 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?