Kecha Oʻzbekistonda 742 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi

10:24 01 Sentyabr 2021 Jamiyat
542 0

2021-yil 31-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157136 (+742) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

79 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

24 nafari Andijon viloyatida,

15 nafari Buxoro viloyatida,

19 nafari Jizzax viloyatida,

13 nafari Qashqadaryo viloyatida,

13 nafari Navoiy viloyatida,

17 nafari Namangan viloyatida,

65 nafari Samarqand viloyatida,

17 nafari Sirdaryo viloyatida,

26 nafari Surxondaryo viloyatida,

69 nafari Fargʻona viloyatida,

18 nafari Xorazm viloyatida,

116 nafari Toshkent viloyatida,

251 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 87 nafar

Buxoro viloyatida 24 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,

Navoiy viloyatida 16 nafar,

Namangan viloyatida 71 nafar,

Samarqand viloyatida 86 nafar,

Surxondaryo viloyatida 33 nafar,

Fargʻona viloyatida 50 nafar,

Xorazm viloyatida 38 nafar,

Toshkent viloyatida 109 nafar,

Toshkent shahrida 154 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 149273 (+683) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1088 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?