Kecha Oʻzbekistonda 736 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 5 nafar bemor vafot etdi

10:17 02 Sentyabr 2021 Jamiyat
389 0

2021-yil 1-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157872 (+736) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

82 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

23 nafari Andijon viloyatida,

13 nafari Buxoro viloyatida,

21 nafari Jizzax viloyatida,

10 nafari Qashqadaryo viloyatida,

11 nafari Navoiy viloyatida,

22 nafari Namangan viloyatida,

58 nafari Samarqand viloyatida,

19 nafari Sirdaryo viloyatida,

32 nafari Surxondaryo viloyatida,

72 nafari Fargʻona viloyatida,

27 nafari Xorazm viloyatida,

108 nafari Toshkent viloyatida,

238 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 101 nafar

Buxoro viloyatida 19 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,

Navoiy viloyatida 16 nafar,

Surxondaryo viloyatida 36 nafar,

Fargʻona viloyatida 62 nafar,

Toshkent viloyatida 103 nafar,

Toshkent shahrida 142 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 149767 (+494) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1093 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?