Kecha Oʻzbekistonda 689 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi

10:18 03 Sentyabr 2021 Jamiyat
366 0

2021-yil 2-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 158561 (+689) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

69 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

25 nafari Andijon viloyatida,

15 nafari Buxoro viloyatida,

19 nafari Jizzax viloyatida,

12 nafari Qashqadaryo viloyatida,

12 nafari Navoiy viloyatida,

19 nafari Namangan viloyatida,

59 nafari Samarqand viloyatida,

20 nafari Sirdaryo viloyatida,

16 nafari Surxondaryo viloyatida,

73 nafari Fargʻona viloyatida,

28 nafari Xorazm viloyatida,

98 nafari Toshkent viloyatida,

224 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 74 nafar

Buxoro viloyatida 20 nafar,

Jizzax viloyatida 37 nafar

Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,

Navoiy viloyatida 14 nafar,

Namangan viloyatida 55 nafar

Surxondaryo viloyatida 21 nafar,

Fargʻona viloyatida 91 nafar,

Xorazm viloyatida 32 nafar

Toshkent viloyatida 105 nafar,

Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 150350 (+583) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1099 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?