Kecha Oʻzbekistonda 653 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 5 nafar bemor vafot etdi

14:10 09 Sentyabr 2021 Jamiyat
307 0

2021-yil 8-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 162421 (+653) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

41 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

19 nafari Andijon viloyatida,

12 nafari Buxoro viloyatida,

17 nafari Jizzax viloyatida,

12 nafari Qashqadaryo viloyatida,

7 nafari Navoiy viloyatida,

18 nafari Namangan viloyatida,

68 nafari Samarqand viloyatida,

14 nafari Sirdaryo viloyatida,

16 nafari Surxondaryo viloyatida,

55 nafari Fargʻona viloyatida,

25 nafari Xorazm viloyatida,

107 nafari Toshkent viloyatida,

242 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 36 nafar,

Andijon viloyatida 70 nafar,

Buxoro viloyatida 10 nafar,

Jizzax viloyatida 22 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 14 nafar,

Navoiy viloyatida 12 nafar,

Samarqand viloyatida 80 nafar,

Surxondaryo viloyatida 15 nafar,

Fargʻona viloyatida 65 nafar,

Xorazm viloyatida 26 nafar

Toshkent viloyatida 119 nafar,

Toshkent shahrida 254 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 154374 (+723) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1137 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?