Kecha Oʻzbekistonda 640 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 8 nafar bemor vafot etdi

10:35 06 Sentyabr 2021 Jamiyat
333 0

2021-yil 5-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 160511 (+640) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

46 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

19 nafari Andijon viloyatida,

12 nafari Buxoro viloyatida,

21 nafari Jizzax viloyatida,

13 nafari Qashqadaryo viloyatida,

8 nafari Navoiy viloyatida,

15 nafari Namangan viloyatida,

56 nafari Samarqand viloyatida,

18 nafari Sirdaryo viloyatida,

17 nafari Surxondaryo viloyatida,

56 nafari Fargʻona viloyatida,

19 nafari Xorazm viloyatida,

109 nafari Toshkent viloyatida,

231 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 35 nafar,

Buxoro viloyatida 10 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,

Navoiy viloyatida 13 nafar,

Namangan viloyatida 20 nafar,

Samarqand viloyatida 100 nafar,

Sirdaryo viloyatida 69 nafar,

Surxondaryo viloyatida 35 nafar,

Fargʻona viloyatida 66 nafar,

Xorazm viloyatida 39 nafar,

Toshkent viloyatida 104 nafar,

Toshkent shahrida 122 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 152284 (+629) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1120 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?