Kecha 228 nafar kishida koronavirus aniqlandi

10:37 05 Dekabr 2021 Jamiyat
232 0

2021-yil 4-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 194333 (+228) nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, kasallikdan sogʻayganlar jami 190939 (+235) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1418 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?