Kattaqoʻrgʻonlik yigit tashlandiq yerda bogʻ va issiqxona yaratdi

14:55 03 Iyun 2024 Jamiyat
155 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Kattaqoʻrgʻon shahrida yashovchi yosh yigit Anvar Bekmurodov 3-yil ilgari qarovsiz, tashlandiq boʻlgan yerni uzoq muddatga ijaraga olib, dehqonchilik bilan shugʻullanishga qaror qildi. Bu yerning umumiy maydoni 80 sotix boʻlib, 60 sotix joyida bogʻ yaratilgan.

— Harbiy qismga qarashli tashlandiq yerda bogʻ yaratishga harakat qilyapman. Bogʻda ming tup olma koʻchatlari oʻtqazilib, parvarishlanyapti, — deydi A.Bekmurodov. — Koʻchatlar katta boʻlgunga qadar oralarida qulupnay, dukkakli ekinlar va boshqa mahsulotlar yetishtirib olyapmiz. Bu daraxtlar ham kelgusi yil hosilga kiradi. Mazkur yerning bir qismida imtiyozli kredit evaziga 4 ta issiqxona barpo etdim va pomidor, limon, bulgʻor qalampiri kabi mahsulotlar yetishtiryapman. Qishda issiqxona haroratini meʼyorida saqlab turish uchun aqlli qozonxonalar oʻrnatdik. Ayni paytda pomidorlar pishib yetildi. Aholiga arzon narxlarda yetkazib beryapmiz. 2 sotixlik issiqxonada birgina pomidor hosilining oʻzidan 15 million soʻm daromad topsa boʻlar ekan.

Ayni paytda bu yerda 4 kishi doimiy ish bilan band. Anvar Bekmurodov kelgusida baliqchilik va parrandachilik bilan ham shugʻullanishni maqsad qilgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер