“Kattaqoʻrgʻon” poligonida ilk marta 14.2 mm.li qurol sinovdan oʻtkazildi

Kecha Oʻzbekistondagi eng katta poligon — Markaziy harbiy okrugga qarashli “Kattaqoʻrgʻon” dala oʻquv maydonida harbiy xizmatchilar tomonidan ilk bor D-30 artilleriya stvoli ichiga oʻrnatilgan 14.2 mm.li quroli sinovdan oʻtkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.
Odatda, D-30 artilleriya qurolidan 122 mm.li snaryad otiladi. Kattaqoʻrgʻon garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan bu galgi tungi va kunduzgi mashgʻulotlarida 14.2 mm.li qurol ham sinab koʻrildi. Ketma- ketlikda otilgan yonuvchi va zirhteshar oʻqlar nishonlarga toʻliq talafot yetkazdi.
Ushbu quroldan artilleriyachilar boʻlinmasiga yangi qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar foydalanishi koʻzda tutilgan. Yangi quroldan qisqa muddatda malaka oshirgan yosh artilleriyachilar 122 mm.li quroldan otishga qoʻyiladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring