Kasbida sodir boʻlgan mudhish YTH 7 kishini hayotdan olib ketdi. Ulardan ikki nafari goʻdak

10:27 13 May 2021 Jamiyat
560 0

Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman Toshqoʻrgʻon mahallasi hududidan oʻtuvchi 4r-92 «Qarshi-Talliqoʻrgʻon-Kasbi-Jeynov» avtomobil yoʻlining 26 km.da joriy yilning 8-may sanasida mudhish oqibatli yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

Yoʻl tartibsiz harakatni xush koʻrmaydi. Bu mazkur YTHda ham oʻz isbotini topdi. Oxirgi yillarda sodir boʻlgan ogʻir oqibatli YTHlardan biri boʻldi.

Harakat qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, katta tezlikda kelayotgan “VAZ 21-01”avtomashinasi va yoʻlning qarama-qarshi tomonidan katta tezlikda harakatlanayotgan «Nekciya» avtomashinasi bir-biri bilan toʻqnashadi. 8-may kuni tungi soat 22:10 da sodir boʻlgan ushbu avtohalokat bir yoʻla 7 kishining umriga yakun yasadi. Yana ikki nafari shifoxona toʻshagida hayot uchun kurashmoqda. Bu haqda Kasbi tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Eng achinarlisi vafot etganlarning ikki nafari goʻdaklar biri 1 yoshli yana biri esa 4 yoshli. Qolganlari hali qirq yoshga ham yetmagan shaxslar edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?