Kasb kasalligiga chalingan fuqaroga beriladigan tovon pullari tashkilot tugatilgan taqdirda toʻlab berilmaydimi?

18:14 20 Yanvar 2023 Jamiyat
593 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Fargʻona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Viloyatning Buvayda tumanida yashovchi 2-guruh nogironi M.I. unga kasb kasalligiga chalingani tufayli toʻlab borilishi kerak boʻlgan pullarni ololmayotgani boʻyicha murojaat qildi.

Murojaat nazoratga olinib, oʻrganilishi boʻyicha aniqlanishicha murojaatchi “Fargʻonaagrokimyoximoya” hissadorlik aksiyadorlik jamiyatida ishlagan paytlari kasb kasalligiga chalingani tufayli unga 2-guruh nogironligi berilgan va tovon pullari toʻlab borilishi belgilangan. U 2021-yilning oktyabr oyiga qadar tovon pullarini olib kelgan. Lekin, 2021-yilda “Fargʻonaagrokimyoximoya” XAJning tugatilishi natijasida hozirga qadar toʻlov pullari toʻlanmay kelingan.

Olingan maʼlumotlarga koʻra, 2-guruh nogironi boʻlgan fuqaro M.I.ga 2021-yilning noyabr oyidan to 2022-yil noyabr oyiga qadar xar oy uchun salkam 828 ming soʻmdan toʻlanishi kerak boʻlgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan 2022-yil 1-maydan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshirilgan. Buning natijasida murojaatchi M.I.ga 2022-yilning may oyidan boshlab 910 600 soʻm, jami 10,5 mln soʻmga yaqin tovon pullari toʻlanishi lozim boʻlgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman tomonidan) fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudiga olinmay kelgan tovon pullarini undirish haqida daʼvo ariza kiritildi.

Sud jarayonida Ombudsman daʼvo arizasi toʻliq qanoatlantirilib, 2-guruh nogironi boʻlgan fuqaro M.I.ga salkam 10,5 mln soʻm tovon pullari undirilishi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер