“Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik koʻkrak nishonlari topshirildi

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan xalqimiz farovonligiga, kasaba uyushmalari harakati rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan eng faol, fidoiy va tashabbuskor insonlar mehnatini eʼtirof etishga bagʻishlangan tantanali tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirlarda soʻnggi besh yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda barcha sohalarda birdek olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida koʻpgina sohalarda katta oʻzgarishlar va salmoqli natijalarga erishilayotgani alohida taʼkidlandi. Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan inson manfaatlarini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar va amaliy ishlar mamlakatimiz dovrugʻini “Yangi Oʻzbekiston” nomi bilan butun dunyoga taratayotgani faxr va iftixor bilan qayd etildi.
Ana shunday izchil islohot va yangilanishlar jarayonida mamlakatimizdagi eng yirik jamoat tashkiloti boʻlgan kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Alohida taʼkidlash zarurki, oʻtgan besh yil davomida davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklik rivoj topib, yangi bosqichga koʻtarildi. Kasaba uyushmalari Federatsiyasining ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, xodimlarning mehnat huquqlarini samarali himoya qilish, mehnat sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirishda ishtirok etish, XMT konvensiyalari ratifikatsiya qilinishidagi hamkorlik yoʻnalishlaridagi faoliyati sezilarli darajada oshdi.
Tantanali tadbirlarda mazkur jarayonlarda faol ishtirok etayotgan, ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy adolat tamoyillarini amaliyotga keng tatbiq etish hamda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan insonlar, jumladan, kasaba uyushmalari tizimida koʻp yillardan beri mehnat qilayotgan xodimlar, tarmoq kasaba uyushmalari va hududiy kengashlarning ilgʻor ish tajribasiga ega boʻlgan mutasaddilari, hamkor tashkilotlar vakillari va kasaba uyushmalari faxriylari mehnati eʼtirof etilib, ularga yangi taʼsis etilgan “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik koʻkrak nishoni topshirildi.
Barchamizga maʼlumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimi xotin-qizlarning koʻp yillar davomida toʻplanib qolgan muammolarini samarali hal etish imkoniyatini bermoqda. Xususan, “Ayollar daftari” tizimi orqali yil boshidan buyon kasaba uyushmalari tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar, hokimliklar bilan hamkorlikda 6,5 milliondan ziyod xotin-qiz bilan muloqotlar oʻtkazilib, ulardan 900 mingga yaqin ehtiyojmand ayollarga amaliy yordamlar koʻrsatildi va ularning muammolari ijobiy hal etildi.
11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini nishonlash arafasida eʼlon qilingan “Kasaba uyushmalari haftaligi” doirasidagi tadbirlarda “Ayollar daftari” tizimi boʻyicha ish olib borayotgan Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi aʼzolariga “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik koʻkrak nishonlari topshirildi.
Shuningdek, bayram tadbirlari doirasida kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida oʻtkazilgan 9
Muhabbat OʻRMONBEKOVA,
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Matbuot xizmati rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring