Kasaba tarixi haqida hujjatli film tayyorlandi

19:11 12 Noyabr 2025 Jamiyat
356 0

Kasabachilar tarixi sizga qiziqmi? Oʻtgan davrlarda nimalar roʻy bergan? Qayerdan boshlanib, qanday tarixiy yoʻllarni bosib oʻtgan?

“120 yil xalq bilan birga!” hujjatli filmda barchasi aks etgan.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tashkil topganiga 120 yil toʻldi. Shu sana munosabati bilan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi va “Ishonch-media” hamkorligida yaratilgan “120 yil xalq bilan birga!” nomli hujjatli film mehnatkashlar hayoti, ularning fidokorona mehnati va uyushmaning yurtimiz taraqqiyotida tutgan oʻrnini yorqin ifoda etadi.

Filmda 1905-yildagi ilk kasaba harakatidan boshlab, bugungi kungacha boʻlgan 120 yillik shonli tarix, mehnatkashlar manfaatini himoya qilish yoʻlidagi qahramonlik va birdamlik tasvirlarda aks etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?