Kartoshka hosildorligini oshirish boʻyicha Yaponiya texnologiyasi Oʻzbekistonda sinovdan oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamda stansiyalari rahbarlari, shuningdek, Oʻzbekiston — Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi xodimlari uchun tanishtirish oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Seminarni “BIOVERSITY\CIAT” tashkiloti (Kolumbiya) tadqiqotchisi Mariana Kintero olib bordi.
Tadbir “Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini yaxshilash maqsadida qishloq xoʻjaligida maʼlumotlarga asoslangan qarorlarni qabul qilishni qoʻllab-quvvatlashning integratsiyalashgan tizimini (e-kakashi) qoʻllash boʻyicha tadqiqotlar” loyihasi doirasida oʻtkazildi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi texnologiya yordamida toʻplangan ekologik va agronomik maʼlumotlarni tahlil qilish orqali fermerlarga hosildorlikni oshirish va kasalliklarga qarshi kurashishda yordam berishdan iborat.
Ushbu qurilmalar, ikkita dastur va tahliliy vositalar yordamida atrof-muhit sharoitlari kuzatib boriladi va sharoitlarni tahlil qilish uchun agronomik maʼlumotlar qayd etiladi. Bu kartoshka ekinlariga taʼsir qiladigan ekologik sharoitlarni, hosildorlikni oshirishni va kasalliklarga qarshi kurashni monitoirng qilish imkonini beradi.
“Biz Toshkentga “Ye-kakashi” texnologiyasini olib keldik va kartoshka ekinlariga taʼsir etayotgan ekologik sharoitlarni nazorat qilish uchun ikkita joyga 6 ta qurilma oʻrnatmoqchimiz hamda tahliliy vositalarimiz orqali hosildorlikni oshirishga hissa qoʻshamiz. “Ye-kakashi” loyihalari Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi», – dedi Kolumbiyaning “BIOVERSITY\CIAT” tashkiloti tadqiqotchisi Mariana Kintero.
Maʼlumot uchun, 9 — 13-noyabr kunlari “BIOVERSITY\CIAT” vakillari doktor Ishitani Manabu va tadqiqotchi Mariana Kinteroning tashrifi chogʻida loyihani amalga oshirish uchun 2 ta obyekti maydonlari aniqlandi. Ekin — kartoshka.
Kartoshka ekinlari taʼsir qiladigan ekologik sharoitlarni nazorat qilish uchun ikkita joyga 6 ta “Ye-kakashi” qurilmasi oʻrnatiladi, bu esa hosildorlikni oshirish va kasalliklarga qarshi kurashish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring