Karmanada 44 nafar bolaning sunnat toʻyi oʻtkazildi

Foto: Халқ сўзи
Navoiy viloyati Karmana tumani hokimligi tomonidan «Karmana avtotexxizmat» MCHJ yangi binosining ochilishi tantanalari doirasida 44 nafar bolaning sunnat toʻyi oʻtkazildi.
Tadbir avvalida soʻzga chiqqanlar bolakaylarning ota-onalarini qutlab, murgʻak qalblarga bolalikdan singdirilgan ezgulik bir umr xotiralarida qolishini taʼkidladi. Shundan soʻng har bir bolaga toʻn kiydirilib, toʻyona va sovgʻalar topshirildi.
Maʼlumot oʻrnida qayd etish joiz, «Karmana avtotexxizmat» MCHJ oʻtgan asrning saksoninchi yillarida faoliyat boshlagan korxona boʻlib, bino va texnologiyalari anchayin eskirgan edi. Avtomobillarga tashxis qoʻyishdan tortib texnik xizmat koʻrsatishgacha boʻlgan barcha jarayonning raqamlashtirilishi korxonaga qadim dovrugʻini qaytarsa, ajab emas. Darvoqe, yangi texnologiyalar tufayli xizmat koʻrsatish koʻlami ham kengayib, tadbirda 50 nafarga yaqin ustaga ishga qabul qilish sertifikati topshirildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring