Karmana tumanida 15 sotix yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgarlar va ularning sherigi ushlandi

20:12 05 Avgust 2022 Jamiyat
255 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar S.B. va S.X. fuqaro B.ga Karmana tumani “Nurafshon” MFY hududidan 15 sotix boʻsh yer maydonini kadastr boʻlimida ishlovchi “A.” ismli tanishi orqali rasmiylashtirib berish orqali 90 mln soʻmga sotishga kelishib, evaziga 8 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, S.X.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Davlat kadastrlar palatasi Karmana tumani filiali kadastr muhandisi vazifasida ishlovchi A.E. oʻz xizmat xonasida 900 ming soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?