Karl III bugun rasman Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning yangi qiroli deya eʼlon qilinadi

02:10 09 Sentyabr 2022 Dunyo
856 0

Foto: Reuters

Karl III (Uels shahzodasi Charlz Filipp Artur Jorj 8-sentyabrga qadar) 9-sentyabr, juma kuni rasman Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning yangi qiroli, deya eʼlon qilinadi. U shu kuni xalqqa murojaat qilishi kutilmoqda, deb yozmoqda “The Times”.

Charlz Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya tarixida barcha merosxoʻrlardan koʻra koʻproq tojni kutgan shahzoda hisoblanadi. Chunki u ayni paytda 74 yoshda. Charlzning bayonoti anʼanaviy tarzda oʻzidan oldingi qirolning oʻlimi haqidagi shaxsiy bayonot bilan boshlanadi. Shundan keyin u qasamyod qiladi.

Shuningdek, shahzoda Uilyam va Ketrin — yangi qirollik unvonlarini ham oldi — Kornuoll gersogi va gersoginya. Shahzoda Charlz va Kamilla oldin ushbu unvonlarga ega edi.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II joriy yilning 8-sentyabr kuni kechqurun oʻzining katta buvisi qirolicha Viktoriya davrida qurilgan Shotlandiyadagi Balmoral qasrida yaqinlari qurshovida vafot etdi. Oʻtgan yilning 9-aprel kuni Qirolicha Yelizaveta IIning turmush oʻrtogʻi — shahzoda Filipp 99 yoshida hayotdan koʻz yumgan edi.

Qirolichaning toʻngʻich oʻgʻli Charlz Filipp Artur Jorj yoki Charlz III darhol Buyuk Britaniyaning yangi qiroli boʻldi. Chunki u uch yoshu uch oyligida (1952-yil fevral oyida) Jorj VI vafotidan va Yelizaveta II taxtga oʻtirganidan keyin Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya taxtining vorisi boʻlgan.

Buyuk Britaniyada 10 kunlik milliy motam eʼlon qilindi. U tugallangach Qirolichaning dafn marosimi boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?