Karaoke, bilyard zallari va SPA salonlari faoliyatiga ruxsat berildi

23:57 29 Yanvar 2021 Jamiyat
994 0

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining yigʻilish bayoniga koʻra, baʼzi faoliyat turlariga ruxsat berildi.

Hujjatning 6-bandiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati barqarorligini taʼminlash, shuningdek, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻllab-quvvatlash va ish oʻrinlarini saqlab qolish maqsadida Sanitariya qoidalar, normalari, gigiyena normativlariga va Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik tartiblarga qatʼiy rioya etgan holda “Damas” rusumli va boshqa barcha turdagi avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni tashish, karaoke va bilyard zallari, SPA salonlari faoliyatiga ruxsat berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?