Karantin qoidalarini buzib, lavozimi yoki “rahnamo”larini ishga solayotganlarga qarshi murosasiz kurashilmoqda (Video)

Illyustrativ foto
Bugun har bir fuqaro zimmasidagi masʼuliyatni teran his etib, karantin sharoitida joriy qilingan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilishi lozimdir.
Belgilangan normalardan chetga chiqishga na huquqiy, na maʼnaviy jihatdan hech kim haqli emas.
Afsuski, bugungi murakkab va tahlikali, xalqimiz uchun sinov boʻlayotgan ogʻir kunlarda ham, jiddiy ogohlantiruvlarga qaramay, karantin qoidalarini buzayotgan, jamoat joylarida yuzlaridagi niqobsiz hamda bemaqsad koʻcha sayriga chiqadiganlar uchrab turibdi.
Bu borada oʻz vazifasini sidqidildan bajarayotgan ichki ishlar xodimlari va milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmay, ularni har xil boʻlmagʻur soʻzlar bilan haqorat qilib, qoidabuzarliklar sodir etayotgan fuqarolar ham uchrayotgani achinarli.
Karantin paytida ham oʻzining lavozimi yoki tanish bilish “rahnamo”larini ishga solib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzayotgan, odamlarning tinchligini buzib shovqin koʻtarayotganlarga nisbatan, huquq-tartibot organlari jumladan, ichki ishlar vazirligi tomonidan murosasiz kurash olib borilmoqda.
Zero, bunday qilmishlarning oqibatini oʻz koʻzingiz bilan koʻrib, besabab koʻchaga chiqayotgan yaqiningiz va oʻzingiz uchun saboq deb qabul qilsangiz.
Karantin qoidalari barcha uchun barobardir. Uni buzayotganlar albatta jazolanadi. Quyidagi lavhada karantin qoidalarini buzayotgan fuqarolarning xatti-harakatlari aks etgan holatlar eʼtiboringizga havola etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring