Karantin qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

17:54 25 Mart 2020 Jamiyat
5499 0

Illyustrativ surat

Kuni kecha boʻlib oʻtgan Senat yalpi majlisida karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan Qonun maʼqullandi.

Endilikda karantin qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy jarima miqdori fuqarolar uchun — 6 690 000 soʻmgacha, mansabdor shaxslar uchun — 11 150 000 soʻmgacha oshirildi.

Jinoiy jazo ham kuchaytirilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish, aholi orasida vahima chiqarish uchun ham — jinoiy javobgarlik belgilandi.

Erkin Yoʻldoshev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?