Karantin markazida oʻzini osib qoʻygan fuqaro boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berildi

21-iyun kuni soat 4:00-5:00 oraligʻida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan Oʻrtasaroy karantin markazida bir kishi oʻzini osib qoʻygan holda topilgan. Prokuratura dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda.
Maʼlum boʻlishicha, asli Fargʻona viloyatidan boʻlgan, koronavirus pandemiyasi tufayli Moskva shahridan qaytib, karantinga olingan 42 yoshli shaxs karantin uchun maxsus moslangan konteyner ichida oʻz joniga qasd qilgan.
Ism-sharif oshkor etilmagan bu fuqaro Oʻzbekistonga yetib kelganidan soʻng koronavirusni aniqlovchi test topshirgan, lekin bu testning natijalari hali chiqib ulgurmagan boʻlgan.
Bu voqea boʻyicha tegishli vazirliklar izohi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev:
– Vazirligimiz karantin hududlaridagi epidemiologik vaziyat, bemorlarning ahvoli, zarur davo vositalari taʼminoti boʻyicha javobgar. Bu holat sodir boʻlganini tasdiqlasak-da, hodisa yuzasidan rasmiy maʼlumot berish surishtirish ishlari olib borayotgan Ichki ishlar vazirligi vakolatida. Ayni paytda shuni aytishimiz mumkinki, vazirlik tomonidan oʻtkazilgan dastlabki oʻrganishlarimizga koʻra bu holat sodir boʻlishiga tibbiyot xodimlarining aloqasi yoʻq.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov:
– Bu holat chindan ham sodir boʻldi. Hozir maxsus guruh hodisa tafsilotlarini oʻrganmoqda. Bir narsani aytish mumkinki, marhum va tibbiyot xodimlari yoki sheriklari bilan biror ziddiyatli vaziyat boʻlmagan. Dastlabki taxminga koʻra, marhum ruhiy holatiga koʻra shiftdagi ventilyatorga oʻzini osgan. Ammo aniq xulosa faqat tergov-surishtiruv ishlari yakuniga koʻra berilishi mumkin.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani prokuraturasi dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, 3 nafar farzandning otasi boʻlgan marhum 15-iyun kuni Oʻzbekistonga yetib kelgan va karantin hududiga joylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring