Kanadada nomaʼlum kasallik tarqalmoqda — OAV

00:04 06 Iyun 2021 Dunyo
1179 0

Foto: Reuters

Kanadaning Nyu-Brunsvik viloyatida nomaʼlum kasallik tarqala boshlagan. Bu haqda mahalliy shifokorlarga tayanib, "The New York Times" nashri xabar bermoqda.

Mamlakatda ushbu nomaʼlum kasallikka ilk bemorlar 2015-yilda aniqlangan va oʻshanda ellik kishida xastalik aniqlangan. Shundan olti nafari hayotdan koʻz yumgan. Eʼtiborli tomoni,  har doim kasallik Nyu-Brunsvikning ikkita qirgʻoq hududida yashovchilar orasida aniqlangan.

Nomaʼlum kasallikning alomatlari tez rivojlanayotgan aqliy qobiliyatning susayishi va turli xil psixiatrik koʻrinishlar hisoblanadi. Shuningdek, bemorlar uyqusizlikdan, koʻrish funksiyalarining buzilishidan shikoyat qiladilar. Shifokorlar ushbu kasallikni tasniflay olishmayapti. Chunki har safar bemorlarda turli xil alomatlar kuzatilmoqda.

Hatto, hayotdan koʻz yumganlarning jasadlarini chuqur tekshiruvdan oʻtkazish orqali ham bunga yechimga topishga imkon bermadi. Endi kasallikning asosiy nazariyalari toksinlar, xususan, bir qator suv oʻtlarida, shuningdek, qisqichbaqasimonlar va baliqlarda uchraydigan kislota bilan zaharlanish, deb hisoblanilmoqda. Oʻrganishlar davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?