Kanada Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga qarshi sanksiya kiritdi

18:54 08 Iyul 2022 Dunyo
849 0

Foto: РИА «Новости»

Kanada Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Umuman olganda, juma kuni yana 29 jismoniy va 15 yuridik shaxs Kanadaning Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalari ostida qoldi.

Avvalroq, Ottavaning sanksiyalar roʻyxatiga patriarx Kirill, tadbirkor Tigran Xudaverdyan, «Roskomnadzor» rahbari Yuriy Lipov va uning bir qator oʻrinbosarlari, shuningdek, tadbirkor Aleksandr Lebedev, aktyor Tigran Keosayan, teleboshlovchi va jurnalist Olga Skabeeva, yozuvchi Zaxar Prilepin, telejurnalist Arkadiy Mamontov kiritilgani maʼlum boʻlgan edi.

16-iyun kuni Buyuk Britaniya patriarx Kirillni Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi”ni faol qoʻllab-quvvatlagani uchun sanksiyalar roʻyxatiga kiritgan edi.

24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va KXDR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish uchun Ukraina “maxsus harbiy operatsiya” oʻtkazishga qaror qilganini maʼlum qildi.

Ushbu qaror AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar sabab boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер