Kanada osmonida aniqlangan nomaʼlum uchuvchi jism urib tushirildi

Illyustrativ foto
AQSH prezidenti Jo Baydenning buyrugʻi bilan Kanada osmonida aniqlangan nomaʼlum uchuvchi jism urib tushirildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer maʼlum qildi.
Baydening aytishicha, Kanada ustidagi obyekt AQSH harbiy-havo kuchlari qiruvchilari tomonidan urib tushirilgan. U bu harakatlarini Vashington va Ottavaning Shimoliy Amerika Qoʻshma Aerokosmik Mudofaa Qoʻmondonligi doirasidagi hamkorligi bilan izohladi.
Maʼlum qilinishicha, nomaʼlum obyekt Kanada havo hududiga noqonuniy kirib kelgan va fuqarolik kemalari xavfsizligiga haqiqiy tahdid solgan.
Oldinroq, Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasi qirgʻoqlarida nomaʼlum uchuvchi jism aniqlangani xabar qilingan edi.
Manbaga koʻra, u Sindao shahrining Jimo okrugi dengizni rivojlantirish byurosi Rijao shahrining akvatoriyasida aniqlangan.
Byuro, shuningdek, obyektni urib tushirish rejalashtirilayotganini bildirdi. Shu munosabat bilan baliqchilar va aholidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish soʻralgan. Shuningdek, fuqarolardan qayiq yoniga tushib qolsa, uni suratga olishga chaqirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring