Kamran — Toshkent — Kamran yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyiladi

2022-yil 26-dekabrdan 2023-yil 23-martgacha “VietJet Air” aviakompaniyasi Kamran — Toshkent — Kamran yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi.
Tegishli kelishuv aviatashuvchi va “Uzbekistan Airports” oʻrtasida imzolandi.
Parvozlar 367 yoʻlovchiga moʻljallangan qulay A-330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda parvozlar haftada bir marta charter asosida amalga oshiriladi. Bunga parallel ravishda Oʻzbekiston va Vyetnam oʻrtasida muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
“VietJet Air” — xalqaro arzon aviakompaniya boʻlib va Vyetnamda tashkil etilgan birinchi xususiy aviakompaniya hisoblanadi, bosh qarorgohi Xoshimin shahrida joylashgan. “VietJet Air” besh yil davomida (2017 — 2021-yillar) eng yaxshi ultra arzon aviakompaniya sifatida eʼtirof etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- AQSH Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirmoqda
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Yevropada bir vaqtning oʻzida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring