“Alpomish va Barchinoy” xalqaro turniri oʻtkaziladi

10:08 18 Iyun 2021 Sport
1966 0

“Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5149-son, 17.06.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

har bir bolalar-oʻsmirlar sport maktabida (kelgusida yangi tashkil qilinadigan maktablarda ham) kamondan otish seksiya va boʻlimlari tashkil etiladi;

har bir olimpiya zaxiralari kollejida (kelgusida yangi tashkil qilinadigan kollejlarda ham) kamondan otish boʻlimlari ochiladi;

2022/2023 oʻquv yilidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish taʼlim yoʻnalishi ochiladi.

2021-yil 1-sentyabrdan:

kamondan otish sport turi boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning uch bosqichli tizimi joriy etiladi;

har yili anʼanaviy tarzda kamondan otish sport turi boʻyicha:

● Toshkent shahrida “Alpomish va Barchinoy” xalqaro turniri tashkil etiladi;

● Samarqand shahrida ayollar oʻrtasida “Toʻmaris kubogi” xalqaro turniri oʻtkaziladi;

● Buxoro, Qoʻqon, Samarqand va Xiva shaharlarida “Turizm va kamondan otish haftaligi” tashkil etiladi.

Qarorga koʻra shuningdek, 2022–2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamondan otish sport turi boʻyicha jahon standartlariga javob beradigan sport bazalari (14 ta) tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?