Kambodjada Tailand mahsulotlariga taqiq qoʻyildi

13:16 22 Iyun 2025 Dunyo
221 0

Kambodja Tailand meva-sabzavotlari va seriallariga taqiq qoʻydi. “The Guardian” nashrining xabariga koʻra, bu taqiq Janubi-Sharqiy Osiyodagi qoʻshnilar oʻrtasidagi uzoq davom etgan chegara mojarosi tufayli yuzaga kelgan.

May oyida ikki davlat oʻrtasidagi bahsli hududda qisqa muddatli otishmalar uyushtirildi. Chegaradagi toʻqnashuvlarda Kambodja askarlari oʻldirilgach, keskinlik yanayam avj olgan.

Tailand soʻnggi kunlarda Kambodja bilan chegarada cheklovlar joriy qilgan. Kambodja esa Tailand filmlarini televideniye va kinoteatrlarda koʻrishni taqiqladi, chegara nazorat punktini yopib, ushbu mamlakatdan internet oʻtkazuvchanligini qisqartirdi.

Tailand meva va sabzavotlari uchun taqiq 17-iyundan kuchga kirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?