Kamala Xarris Netanyahu bilan urushni toʻxtatish haqida gaplashmoqchi
Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden payshanba kuni Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan Oq uyda koʻrishadi. Bu ikki davlat rahbari oxirgi marta 2023-yilning 18-oktyabr kuni Tel-Avivda yuzma-yuz uchrashgandi. Ayni paytda koronavirus infeksiyasi tufayli Delaverdagi uyida yashayotgan Jo Bayden 23-iyul kuni Oq uyga qaytishi kutilmoqda.
Ushbu yigʻilishda vitse-prezident, demokratlardan prezidentlikka asosiy nomzod sifatida koʻrilayotgan Kamala Xarris ham ishtirok etadi. U Netanyahuga Gʻazodagi urushni Isroil xavfsizligini taʼminlaydigan tarzda tugatish vaqti kelganligini taʼkidlamoqchi. Xarris AQSHning Isroil xavfsizligini taʼminlashga chinakam sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan.
Xarris nomzodlikni qoʻlga kiritish uchun yetarli boʻlgan 1976 delegatni toʻplagan. Soʻnggi kunlarda Xarris kampaniyasiga 28 mingdan ortiq yangi koʻngillilar roʻyxatdan oʻtdi. U oʻzining birinchi saylovoldi tashviqotini Viskonsindan boshlashi aytilmoqda.
Xarrisning onasi asli hindistonlik diplomatning qizi hisoblanadi. Shu bois Hindistonning Tamilnad shtatidagi qishloq aholisi Demokratik partiya nomzodini qoʻlga kiritmagunicha Xarris uchun ibodat qilishlarini aytmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tilim “Man Siti” deb chiqqan yoxud bitta oʻzbek yigiti qanday qilib Yevropaning eng kuchli jamoalari orasida talash boʻldi (tahliliy maqola)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring