Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi

10:25 13 Avgust 2021 Hujjatlar
1741 0

“Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2021-yil 1-sentyabrdan:

➖ 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi oʻrniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi (bolalar nafaqasi) joriy etiladi.

Bolalar nafaqasini tayinlashda:

inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;

toʻlov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;

uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qoʻllaniladi;

➖ yakka-yolgʻiz boʻlgan fuqarolarga, farzandi boʻlmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.

2021-yil 1-sentyabrdan bolalar nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam toʻlovlarining miqdorlari quyidagi belgilanadi:

bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

250 000 soʻm – 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun, 325 000 soʻm – yoshi 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun;

150 000 soʻm – oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha;

100 000 soʻmdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 soʻm.

Bunda 2021-yil 1-sentyabrgacha tayinlangan mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni toʻlash muddatlari saqlab qolinadi.

2021-yil 1-oktyabrdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar va shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manfaatdor vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер