Kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar roʻyxati shakllantiriladi

12:48 26 Iyul 2022 Jamiyat
545 0

Illustrativ foto

“Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan aholini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Unga koʻra, ijtimoiy xizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida koʻrsatish amaliyoti joriy etiladi.

Farmonga muvofiq, quyidagilar tasdiqlandi:

Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi hamda uning maqsadli koʻrsatkichlari;

Mazkur strategiyani 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”.

Moliya vazirligi tarkibida Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etildi.

2022-yil 1-sentyabrdan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha minimal isteʼmol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlanadi.

Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha boʻlgan tanaffuslar mavjud boʻlsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qoʻllaniladi.

2023-yil 1-martgacha davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar roʻyxati shakllantiriladi.

2023-yil 1-iyulgacha kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish standartlari tasdiqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?