Kafedan ikki dona televizor hamda kuzatuv kamera xotirasini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

09:15 20 Sentyabr 2022 Jamiyat
252 0

Fargʻona shahrida fuqaro J.S IIBga murojaat qilib, unda 29-avgust kuni nomaʼlum shaxs Yassaviy koʻchasida joylashgan kafega gʻayriqonuniy ravishda kirib, kafeda boʻlgan narxi 600 AQSH dollarlik 2-dona “LG” va “SONI” rusumli televizorlar hamda kuzatuv kamerasini xotirasini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni D.T sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?