Kadastr pasportini rasmiylashtirish qaysi holatlarda bepul amalga oshirilishi aytildi

17:54 27 Oktyabr 2021 Jamiyat
589 0

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

➖ koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va aloxida qurilish) mavjud boʻlmaganda;

➖ koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;

➖ kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda).

Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?