Kadastr agentligi viloyat rahbarlarining 16 nafari attestatsiyadan oʻta olmadi

21:19 08 Noyabr 2020 Jamiyat
282 0

Kadastr agentligi tizimiga kiruvchi hududiy boshqarma, korxonalar rahbarlari va xodimlarining kasbiy hamda nazariy bilimlarini, shuningdek, egallab turgan lavozimiga munosibligi darajasini baholash attestatsiyasi oʻtkazilmoqda.

Hududiy boshqarma va korxonalarning 26 nafar rahbarlari attestatsiyadan oʻtkazildi.

7 ta (27%) rahbar attestatsiyadan ijobiy oʻtgan boʻlsa, 3 tasi (11,5%) shartli oʻtgan. 16 ta (61,5%) rahbar attestatsiyadan oʻta olmagan yoki oʻz xohishi bilan ishdan boʻshashi haqida ariza yozgan.

Respublikamizning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari tuman(shahar) rahbarlarining attestatsiya natijalar 9-10-noyabr kunlari eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?