Kaʼbani tozalash uchun bir kunda 54 ming litr dezinfeksiyalovchi modda ishlatilmoqda

20:29 02 Avgust 2020 Dunyo
474 0

Rasmiylarning xabar berishicha, bu yilgi Haj mavsumida hojilar orasida koronavirus tarqalmasligi uchun ehtiyot chorasi sifatida Kaʼbatulloh hududi har kuni dezinfeksiya qilinmoqda. Tozalash ishlariga kuniga 54 ming litr dezinfeksiyalovchi moddalar ishlatilmoqda.

Makkadagi Kaʼbatulloh va Madinadagi Masjidul Nabaviy bosh maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, Haj mavsumida ushbu muqaddas joyni tozalash ishlari 3500 kishi tomonidan amalga oshirildi. Tozalovchilar Kaʼbaning ichki va tashqi maydonlarini har kuni 10-martagacha dezinfeksiya qilishdi.

“Maʼmuriyat kuniga taxminan 2400 litr miqdorida sanitariya moddasini ishlatdi. Uning 1500 litri narsalarning yuzasidagi mikroblarni oʻldirish uchun, qolgan 900 litri esa odamlar uchun sarflandi” deyiladi bayonotda.

Eslatib oʻtamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli bu yilgi Haj mavsumida qatnashuvchilar soni 10 000 tagacha qisqartirildi va unda ayni paytda Saudiyada yashayotganlargina qatnashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?