YPX inspektorlari soliq organi xodimining oʻlimiga sabab boʻlgani haqidagi xabarlar yuzasidan IIV bayonot berdi

17:24 11 Iyun 2021 Jamiyat
614 0

Kattaqoʻrgʻon tumanida YPX inspektorlari soliq organi xodimining oʻlimiga sabab boʻlgani haqidagi xabarlar yuzasidan Ichki ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Joriy yilning 10-iyunida tungi soat 00:50larda Kattaqoʻrgʻon tumani IIB Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tumanning «Kadan” MFY hududidan oʻtuvchi 4R-243 avtomobil yoʻlining Alisher Navoiy va Mustaqillik koʻchalari kesishmasida jamoat tartibini saqlash boʻyicha tungi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport svetoforning qizil chirogʻidan toʻxtamasdan oʻtib, xodimlarning toʻxtash ishorasiga boʻysunmasdan, avtotransportda yuqori tezlikda harakatlanib yashirinmoqchi boʻlgan.

Hududdagi 4R-243 avtomobil yoʻlining 7 kilometriga yetganida “Kobalt” yoʻl qatnov qismining oʻrtasida toʻxtab, haydovchi avtotransportni tashlab, piyoda qochishga uringan.

Huquqbuzar xodimlar tomonidan ushlanib, oʻta mast holatda boʻlganligi gumon qilinib, tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun taklif qilganida, fuqaro A.A. ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarshilik koʻrsata boshlagan.

Shu vaqt oraligʻida tibbiy koʻrikka olib borish uchun transport vositasiga oʻtkazilgan fuqaro A.A.ning sogʻligʻi yomonlashib, voqea joyiga tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan. Koʻrsatilgan muolajalarga qaramay fuqaro A.A. vafot etgan.

Hodisa sodir boʻlgan joy Ichki ishlar vazirligi OʻXB Samarqand viloyati boʻyicha boʻlimi ishtirokida tuman prokuraturasi tomonidan koʻzdan kechirilib, hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha jamoatchilikka toʻliq axborot beriladi», — deyiladi bayonotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?