Jordan Aviation ilk bor Oʻzbekistonga parvozlarni yoʻlga qoʻymoqda

14:46 14 Dekabr 2022 Jamiyat
309 0

14-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:10da Iordaniyaning Jordan Aviation aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Oʻzbekistonga Amman-Toshkent-Amman yoʻnalishida yangi parvoz yoʻnalishini ochgan Boeing-767 borti Toshkent aeroportida kutib olindi.

Qaytish reysiga yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish boshlanishidan avval aeroport va aviakompaniya vakillari ishtirokida rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasidagi reyslar Jordan Aviation milliy aviakompaniyasi va Oʻzbekistonning Ahella Tour turoperatori oʻrtasidagi kelishuv asosida amalga oshiriladi. Toshkent va Amman oʻrtasidagi reyslar charter asosida ikki haftada bir marta Boeing-767 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Jordan Aviation — shtab-kvartirasi Ammanda joylashgan Iordaniya aviakompaniyasi. Kompaniya charter reyslarini amalga oshirishdan tashqari, BMT tinchlikparvar missiyalari uchun havo transportini taʻminlovchi muhim aviakompaniya hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?