Yoʻldan oʻtayotgan maktab oʻquvchilarini urib yuborishiga sal qolgan Lacetti haydovchisi jarimaga tortildi

11:40 07 Aprel 2021 Jamiyat
408 0

Namanganda yoʻlni piyodalar oʻtish joyidan kesib oʻtayotgan maktab oʻquvchilarini urib ketishiga bir baxya qolgan Lacetti haydovchisiga jarima belgilandi. Bu haqda IIV YHXBB  maʼlum qildi.

6-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti haydovchisining Namangan shahri koʻchalarining birida harakatlanib ketayotib, svetoforning taqiqlovchi qizil chirogʻiga eʼtibor bermasdan maktab bolalarini urib yuborishiga oz qolgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Qayd etilishicha, vaziyat boshqa yoʻl harakati ishtirokchisi avtomobiliga oʻrnatilgan videoregistratorga tushib qolgan.

Maʼlum qilinishicha, qoidabuzar Lacetti haydovchisiga nisbatan BHMning 10 baravari miqdorida (2 million 450 ming soʻm) jarima jazosi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?