Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari avtohalokatga uchragan mashinalarni Toshkent boʻylab olib yurishdi
Toshkentda haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlariga eʼtiborni kuchaytirish maqsadida YHXB xodimlari tomonidan qator profilaktika tadbirlari oʻtkazildi. Bu haqda yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoʻl-transport hodisalari natijasida katta zarar koʻrgan transport vositalarini olib ketayotgan evakuatorlar poytaxt yoʻllari boʻylab harakatlanishgan.
Tadbir davomida xodimlar poytaxtdan Fargʻona vodiysiga yoʻlovchilarni shaxsiy tashish bilan shugʻullanuvchi haydovchilar bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida YHXBB xodimlari haydovchilarga yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish, transport vositasida yoʻlovchilarga nisbatan masʼuliyatni eslatib oʻtdi.
Shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari maxsus maktab-internatda boʻlib, oʻquvchilar bilan profilaktika ishlari olib bordi va ularni yoʻl harakati qatnashchilarining amaldagi qonunchilik talablariga rioya etishini targʻib qilishga bagʻishlangan tanlovda ishtirok etishga taklif qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring