Yirik sanoat korxonalari tomonidan qariyb 6 ming tonna portlandsement ishlab chiqarildi

10:43 17 Avgust 2021 Jamiyat
285 0

Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, respublikada 2021-yilning yanvar–iyun oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 5 807,2 ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan.

Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 123,0 % ni tashkil.

Sement ishlab chiqarish 2021-yilning:

- yanvar oyida 559,3 ming tonna (oʻsish surʼati 107,3 foiz);

- yanvar-fevral oylarida 1 325,4 ming tonna (118,4 foiz);

- yanvar-mart oylarida 2 228,4 ming tonna (114,1 foiz);

- yanvar-aprel oylarida 3 582,6 ming tonna (126,9 foiz);

- yanvar-may oylarida 4 679,2 ming tonna (124,2 foiz)ni tashkil etdi.

Yirik sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 42,3 %, Navoiy viloyati 32,2 %, Jizzax viloyati 13,0 % hamda Fargʻona viloyati 8,5 % hissasiga toʻgʻri keldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?