Yirik miqdordagi uyali telefonlarning yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga chek qoʻyildi

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Fargʻona tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Yo.I. boshqaruvidagi «Mersedes Bens» rusumli yuk avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtotransport vositasining yukxonasidagi maxsus yasalgan xufiyona qismida, tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 1 mlrd. 13 mln. soʻmlik 19 turdagi jami 484 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Vodil tumanida “Captiva” avtomashinasi kuzatuvga olinadi.
Kuzatuvga tushganini sezib qolgan haydovchi zudlik bilan mashinadagi tovarlarni yoʻl chetidagi gulzor orasiga tashlab, yashirinadi.
Mazkur tovarlar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, ushbu tovarlar umumiy qiymati 621 mln. soʻmlik 9 turdagi 270 dona uyali aloqa vositalari ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi DXX vakillari bilan hamkorlikda Pop tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.B. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida, avtomashina salonidagi sintetik qopda xorijda ishlab chiqarilgan 4 turdagi jami 138 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, Namangan shahrida fuqaro X.M.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, bu yerda ham xuddi shu turdagi telefonlardan 17 donasi borligi aniqlandi.
Namangan viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 503 mln. 750 ming soʻmlik 155 dona uyali aloqa vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring