Yil yakunigacha Sharof Rashidov va Zarbdor tumanida bittadan yirik chorvachilik klasteri faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

12:54 09 Aprel 2024 Siyosat
322 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Viloyatda chorvachilikni rivojlantirish uchun salohiyat katta.

Investorlar 28 million dollar sarmoya evaziga yiliga 20 ming tonna sut va 5 ming tonna goʻshtni qayta ishlashni, Zomin, Zarbdor va Yangioboddagi 11 mingta xonadonda «Angus» zotli qoramolni koʻpaytirib, sotib olish tizimini yoʻlga qoʻyishni maqsad qilgan.

Mutasaddilarga yil yakunigacha Sharof Rashidov va Zarbdor tumanida bittadan yirik chorvachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Dronlar yordamida qishloq va oʻrmon xoʻjaligi yerlarida aniqlangan imkoniyatlarni, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha ham koʻrsatmalar berildi.

Irrigatsiya tizimlarini yaxshilash maqsadida Janubiy Mirzachoʻl va Tuyatortar kanallarini betonlash boʻyicha uch yillik dastur amalga oshirilishi belgilandi.

Viloyatga investitsiya jalb qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Xitoylik investorlar Jizzaxda qurilish materiallari, kimyo, energetika, elektrotexnika, mashinasozlik, toʻqimachilik va farmatsevtikada 4 milliard dollarlik 22 ta loyihani boshlashga tayyor.

Buning uchun Zomin tumanida sanoat texnoparki, Zarbdordagi Shodlik mahallasida Jizzax sanoat zonasi filiali, Zafaroboddagi Chimqurgʻon mahallasida va Sharof Rashidov tumanidagi Toqchilik mahallasida sanoat zonalari tashkil qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер