Yil yakuniga qadar naslli qoʻy koʻpaytirish boʻyicha 133 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qoʻyildi
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qoʻy-echkilar sonini keskin koʻpaytirib, aholini jundan mahsulot toʻqib, daromad topishga ragʻbatlantirish muhimligi taʼkidlandi.
Bu borada Angren, Koson, Romitan va Navbahordagi kooperatsiya boʻyicha namunali tajribalar koʻrsatib oʻtildi va ularni ikki oy muddatda 60 ta tumanda yoʻlga qoʻyish topshirigʻi berildi.
Yil yakuniga qadar naslli qoʻy koʻpaytirish boʻyicha 133 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qoʻyildi. Bunda:
— jun va sut yoʻnalishida naslli qoʻy va echki xarid qilish uchun 5 yilgacha 3 yil imtiyozli davr bilan;
— chorvachilik xoʻjaliklari tomonidan aholi xonadonlaridan jun va sut mahsulotlarini sotib olishga 12 oygacha 9 oy imtiyozli davr bilan;
— yem ozuqa, shuningdek sut, goʻsht va junni qayta ishlash sexlarini tashkil etishga 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan kreditlar ajratiladi.
Aholiga ushbu kreditlar hokim yordamchilari tavsiyasi asosida 50 million soʻmgacha garov taʼminotisiz ajratiladi, kredit foizining yarmini qoplashga kompensatsiya beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring