Yil boshidan buyon Samarqand viloyatida 42 ta MFY binosi foydalanishga topshirildi

Foto: Халқ сўзи
Kuni kecha Kattaqoʻrgʻon shahridagi “Qoʻshhovuz” mahalla fuqarolar yigʻini binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Binoning taqdimot tadbirida Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi, senator Gavhar Alimova, Oliy Majlis Senati aʼzosi Farmon Toshev, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
— 1956-yilda qurilgan eski binoda ish yuritar edik, — deydi “Qoʻshhovuz” MFY raisi S. Negmatova. — Toʻgʻrisi, yozda jazirama, qishda izgʻirin boʻladigan binoda ishlash uchun hech bir imkoniyat yoʻq edi. Juda qiynalardik. Mana, zamonaviy koʻrinish va qulaylikka ega yangi binoning qurib berilgani nafaqat bizni, balki mahallamizning kattayu kichigini birdek quvontirdi.
Samarqand viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan yil yakuniga qadar 200 ga yaqin mahalla fuqarolar yigʻinlarining binosi yangidan qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Bugunga qadar esa 42 ta MFY yangi binoli boʻldi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring