“Yil ayoli” milliy tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

13:36 18 Noyabr 2021 Jamiyat
464 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali ularning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. "Yil ayoli" milliy tanlovidan ko‘zlangan maqsad ham Vatanimiz rivojiga munosib hissasi qo‘shib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibratli, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilg‘or ish tajribasini ommalashtirishdan iboratdir.

Termiz shahridagi sanʼat saroyida o‘tkazilgan "Yil ayoli" milliy tanlovining viloyat bosqichida shahar va tumanlardan bir nafardan 25 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Termiz shahridagi "Surxon Janub trans" MCHJ rahbari Marhabo Jo‘raqulova birinchi, Uzun tumanidagi "Qurbonaliyev Abror" fermer xo‘jaligi rahbari Nigora Davlatova ikkinchi, Termiz tumani hokimligi xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Komila Abdullayeva uchinchi o‘ringa munosib, deb topildi.

 

Ilhom RAHMATOV, "Xalq so‘zi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?