“Yil ayoli” milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

17:50 27 Dekabr 2024 Jamiyat
879 0

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”

Joriy yilning 27 dekabr kuni  Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Yil ayoli” milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangi O‘zbekistonning  ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy hayotida xotin-qizlarning ishtiroki tobora kengayib bormoqda.

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini kengaytirishga, oilalar farovonligini  ta’minlashga qaratilgan milliy tajriba - O‘zbekiston modeli amalga oshirilmoqda.

Sohaga doir xalqaro standartlarga mos milliy qonunchilik bazasi takomillashtirilib, Yurtimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida 100ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur, 2030 yilga qadar mo‘ljallangan gender tenglikka erishish Strategiyasi qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Palvanova Nigora Bekbergenovna “Yil ayoli” milliy tanlovining oliy sovrini – Gran- pri sohibi bo‘ldi.

U Olimpia va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy mahorat maktabi murabbiy o‘qituvchisi. 1976 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. Badiiy gimnastika bo‘yicha oliy toifali hakam va murabbiy.

Uning shogirdlari 2019 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston kubogi g‘olibi. 2022 yilda Tailand va Turkiya davlatlarda bo‘lgan xalqaro musobaqalarda 1-o‘rin; 2023 yilda Filippinda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1- o‘rin;  2024 yilda Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 3-o‘rin, 2024 yil Misrda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirlar g‘olibi, Parij shahrida bo‘lib o‘tgan 33-yozgi olimpiada o‘yinlari finalchisi hisoblanadi.

Nigora Bekbergenova  2007 yil O‘zbekiston Respublikasi Sport ustozi”,  2011 yil “Xalq ta’limi a’lochisi”, 2021 yil “Sog‘lom turmush” ordeni, 2024 yil “Koraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvonlarini qo‘lga kiritgan.

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?